
Jahon MMA ishqibozlari intizorlik bilan kutgan UFC 322 turniriga sana belgilandi. Katta voqea 16 noyabr kuni AQShning Nyu-York shahridagi mashhur Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi [ufc.com]. Bu jang kechasi yilning eng kutilgan oktagon voqealaridan biri sifatida qaralmoqda.
Turnirning markaziy jangidan katta qiziqish kutilmoqda — yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun Islom Mahachev va avstraliyalik raqibi Jek Della Maddalena kuch sinashadi. Hozirgi UFCning eng barqaror va texnik jihatdan mukammal jangchilari sanalgan bu ikki sportchi o‘rtasidagi to‘qnashuv tom ma’noda “jang san’ati saboği”ga aylanishi kutilmoqda.
Mahachev uchun bu jang katta sinov bo‘ladi — u ilk bor yarim o‘rta vaznda kamar himoyasini amalga oshiradi. Maddalena esa o‘zining jarohatdan keyingi ilk jangini o‘tkazmoqda va revansh kayfiyatida ekanini ta’kidlagan.
Turnirning ikkinchi asosiy jangida ayollar o‘rtasidagi haqiqiy superqarshilik kutilayotir: Valentina Shevchenko va Veyli Jan o‘rta engil vazn toifasidagi chempionlik uchun maydonga chiqishadi. Bu ikki jangchi ham o‘z divizionining yetakchilari bo‘lib, jang MMA tarixidagi eng qiziq ayollar to‘qnashuvlaridan biri sifatida yodda qolishi mumkin.
Boshqa janglar ham muxlislarni befarq qoldirmaydi. Turnir doirasida quyidagi janglar tashkil etilgan:
Leon Edvards (22–5) – Karlos Prates (22–7);
Shon Brэdi (18–1) – Maykl Morales (18–0);
Bo Nikal (7–1) – Rodolfo Vieyra (11–3);
Beneil Dariush (23–6–1) – Benua Sen-Deni (15–3, 1 NC);
Roman Kopilov (14–4) – Gregori Rodrigez (17–6);
Baysangur Susurkaev (10–0) – Erik Makkoniko (10–3–1).
Turnirning dastlabki janglari Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlanadi, asosiy kard esa 08:00 da start oladi.
Mahachev va Maddalenaning to‘qnashuvi nafaqat UFC yarim o‘rta vaznidagi qirolni aniqlaydi, balki kelgusi mavsumdagi chempionlik intrigalari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Shevchenko va Jan o‘rtasidagi jang ayollar MMAsidagi yangi davrni boshlab berishi mumkin.
UFC 322 turniri har jihatdan katta voqeaga aylanishi tayin. Mutaxassislar bu kechani “jangchilarning irodasi, texnikasi va tajribasi to‘qnashadigan kecha” deb ta’riflashmoqda. MMA olami esa yana bir bor Madison Square Gardenning ulkan sahnasida nafaslarini tiygan holda janglarni kuzatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!