date

Amir Ibragimov Rossiya terma jamoasini tanladi


17 yoshli Rossiya futbol yulduzi va "Manchester Yunayted" klubi o'yinchisi Amir Ibragimov sport fuqaroligini o'zgartirdi. Bu haqda Sport Baza xabar berdi.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, qanot hujumchisi Angliya fuqaroligidan voz kechib, Rossiya fuqaroligini tanladi. U ilgari Angliyaning U16 yoshlar terma jamoasida o'ynagan edi.

Endilikda Ibragimov Rossiya milliy terma jamoasida o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladi, agar taklif oladigan bo'lsa. Amir Ibragimov Dogʻistonda tugʻilgan, ammo 2019 yilda Angliyaga yoʻl olgan.

Avvaliga u "Sheffild Yunayted" akademiyasiga qabul qilindi, keyinchalik "Manchester Yunayted"ga oʻtgan. Shu yil bahorida rossiyalik futbolchi "qizil iblislar" bilan ilk professional shartnomasini imzoladi.

Ibragimov asosiy jamoa mashg'ulotlariga ham jalb qilingan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amir Ibragimov Rossiya terma jamoasini tanladi