Barselona yosh iste'dodni nishonga oldi

Portugaliyaning "Famalikao" klubi markaziy hujumchisi Yassir Zabiriy Yevropaning yetakchi klublari diqqat markaziga tushdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchini Ispaniyaning "Barselona" klubi o‘z tarkibiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Katalon klubi bu borada "Famalikao" rahbariyati bilan bog‘lanib, transferni muhokama qilgan.
Shuningdek, Zabiriyga "Sevilya", "Portu" va "Benfika" klublari ham qiziqish bildirgan. Joriy mavsumda Zabiriy Portugaliya chempionatida uchta o‘yinda maydonga tushgan, ammo hali samarali harakatlari qayd etilmagan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 600 ming yevroni tashkil etadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchini Ispaniyaning "Barselona" klubi o‘z tarkibiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Katalon klubi bu borada "Famalikao" rahbariyati bilan bog‘lanib, transferni muhokama qilgan.
Shuningdek, Zabiriyga "Sevilya", "Portu" va "Benfika" klublari ham qiziqish bildirgan. Joriy mavsumda Zabiriy Portugaliya chempionatida uchta o‘yinda maydonga tushgan, ammo hali samarali harakatlari qayd etilmagan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 600 ming yevroni tashkil etadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…