date

Pedri maydonga qaytishi kechikmoqda


"Barselona" yarim himoyachisi Pedri chap sonning ikki boshli mushaklarining distan qismi yorilishi sabab jarohat olgan edi. Avvaliga 22 yoshli futbolchi noyabr oyida milliy terma jamoalar uchun tanaffusdan keyin jamoaga qaytadi deb taxmin qilingan edi.

Biroq, Mundo Deportivo nashrining maʼlumotiga koʻra, Pedrining toʻliq tiklanishi koʻproq vaqt talab qiladi. Kutilishicha, yarim himoyachi faqat dekabr oyi oʻrtalarida safga qaytadi.

Bu esa shuni bildiradiki, Pedri "Barselona"ning koʻproq oʻyinlarini oʻtkazib yuboradi. U, ehtimol, kuz oxiri va qish boshida boʻlib oʻtadigan "Chelsi" va "Atletiko"ga qarshi muhim oʻyinlarda maydonga tusha olmaydi.

"Barselona"ning navbatdagi uchrashuvi 2-noyabr kuni "Elche"ga qarshi oʻz maydonida boʻlib oʻtadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pedri maydonga qaytishi kechikmoqda