
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasining hujumdagi o'yinidan norozi ekanligini bildirdi. Bu haqda u "Loryan" bilan safarda 1:1 hisobida tenglashgan o'yindan so'ng jurnalistlarga ma'lum qildi.
"Bizda sovuqqonlik yetishmadi. "Loryan"ning past blok bilan himoyalanishi?
Bunga o'rganib qolganmiz, chunki ko'p jamoalar bizga qarshi shunday usulda o'ynaydi. Lekin birga-bir vaziyatlarda ustunlik qilinmasa, orqaga yugurishlar yetarli bo'lmasa va sovuqqonlik yetishmasa – bu juda qiyin bo'ladi.
Albatta, men xafa bo'ldim, axir men murabbiyman. Istalgan natijani qo'lga kirita olmaslikni qabul qilish qiyin", – dedi Enrike jurnalistlarga.
PSJ navbatdagi Fransiya chempionati uchrashuvini 1-noyabr kuni "Nitssa"ga qarshi uy maydonida o'tkazadi. Parijliklar hali ham Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar