date

PSJ Desire Due haqida xabar berdi


PSJ o'zining rasmiy saytida hujumchi Desire Due olgan jarohat yuzasidan bayonot berdi. Futbolchi chorshanba kuni "Loryan"ga qarshi safarda o'tgan o'yinda (1:1) jarohat oldi va hatto ko'z yoshlarini tiyib turolmadi.

"Futbolchi o'ng son mushaklaridan jarohat olgan va bir necha hafta davomida maydonga tusha olmaydi", – deyiladi Fransiya chempionatining grand jamoasi bayonotida. PSJ 20 yoshli Due sog'lig'i haqida keyingi tibbiy hisobotni milliy jamoalar o'yinlari uchun noyabrda bo'ladigan tanaffusdan so'ng e'lon qilishini ma'lum qildi.

2025/2026-yilgi mavsumda Desire Due jami 8 o'yinda maydonga tushib, 3 ta golli pas berishga muvaffaq bo'lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJ Desire Due haqida xabar berdi