
Angliyaning uch yirik klubi "Bavariya"ning 17 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Lennart Karlning muvaffaqiyatlarini yaqindan kuzatmoqda. Yosh vunderkind Chempionlar ligasi va Bundesligada bir martadan gol urishga ulgurdi va umumiy hisobda Vensan Kompani jamoasi safida 12 ta o'yinda maydonga tushgan.
City Xtra nashrining xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" vakillari futbolchini kuzatib borishmoqda va agar "Bavariya" bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, uni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishga tayyor. Shuningdek, yosh nemis futbolchiga Londonning "Arsenal" va "Chelsi" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Lennart Karlning transfer qiymati Transfmarkt portali mutaxassislari tomonidan 20 million yevroga baholangan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 