Xabi Alonso yulduzlar bilan ishlash haqida gapirdi

Xabi Alonso Ispaniya chempionati doirasida "Valensiya"ga qarshi oʻtkaziladigan uy uchrashuvi oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Undan "Real" jamoasidagi koʻplab yulduz futbolchilarni qanday boshqarayotgani haqida soʻrashdi.
"Shunchaki oʻzim boʻlib qolaman. Samimiy boʻlish, oʻzingni boshqa koʻrsatmaslik kerak.
Men futbolchilar bilan halol va ochiq munosabatlar quraman, ularning har birining rolini tushunaman va doim jamoa manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyamiz. Jamoani hurmat muhitida boshqarish, talabchan boʻlish, ammo har bir futbolchining oʻziga xosligini tushunish muhim.
Har bir oʻyinchiga moslashish uchun hissiy intellektga ega boʻlish kerak, ammo oʻz pozitsiyamizni saqlab qolish ham zarur", - dedi Alonso jurnalistlarga. Eslatib oʻtamiz, avvalgi turda "Real" oʻz maydonida "Barselona"ni 2:1 hisobida magʻlub etgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Shunchaki oʻzim boʻlib qolaman. Samimiy boʻlish, oʻzingni boshqa koʻrsatmaslik kerak.
Men futbolchilar bilan halol va ochiq munosabatlar quraman, ularning har birining rolini tushunaman va doim jamoa manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyamiz. Jamoani hurmat muhitida boshqarish, talabchan boʻlish, ammo har bir futbolchining oʻziga xosligini tushunish muhim.
Har bir oʻyinchiga moslashish uchun hissiy intellektga ega boʻlish kerak, ammo oʻz pozitsiyamizni saqlab qolish ham zarur", - dedi Alonso jurnalistlarga. Eslatib oʻtamiz, avvalgi turda "Real" oʻz maydonida "Barselona"ni 2:1 hisobida magʻlub etgan edi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…