date

Shahram G‘iyosov chempionlik jangiga yaqin

Shahram G‘iyosov chempionlik jangiga yaqin
Britaniyalik promouter Eddi Xirn Umumjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) o‘z qarorini o‘zgartirmasligiga va yarim o‘rta vazn (66,7 kg gacha) chempioni amerikalik Rolando Romero (17-2, 13 KO) bilan o‘zbekistonlik mag‘lubiyatsiz bokschi Shahram G‘iyosov (17-0, 10 KO) o‘rtasida majburiy himoya jangini belgilashiga umid bildirdi. Bu haqda Qozog‘istonning «Sports.kz» sport portali vRINGe.com ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumki, avvalroq Pakyao navbatdagi jangini 2026-yil 24-yanvarda o‘tkazishini e’lon qilgan va mish-mishlarga ko‘ra, uning raqibi aynan Romero bo‘lishi kutilgan edi. Biroq WBA ushbu bayonotdan so‘ng, Rolando Romeroga G‘iyosovga qarshi jang o‘tkazishni rasman topshirdi.

Promouter Xirn avval Shahram G‘iyosov bilan bog‘liq vaziyatdan hafsalasi pir bo‘lganini aytib, WBA to‘g‘ri qaror qabul qilganidan mamnun ekanligini bildirdi. Unga ko‘ra, bu qaror o‘zbekistonlik bokschini Romero uchun majburiy da’vogar sifatida belgiladi.

Mish-mishlarga qaramay, G‘iyosov uzoq vaqtdan beri o‘z imkoniyatini kutib kelayotgan edi. O‘zbekistonlik bokschining vakillari WBA o‘z pozitsiyasini tasdiqlashini va Shahram G‘iyosov 2026-yil boshida WBA chempionlik unvoni uchun jangga chiqishini kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov chempionlik jangiga yaqin