
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoaning joriy mavsumdagi asosiy muammosini maʼlum qildi. Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni oxirgi toʻrtta oʻyinida magʻlubiyatga uchrab, musobaqa jadvalida yettinchi oʻringa tushib ketdi.
Ayrim mutaxassislar "qizillar"ning asosiy muammosini himoyadagi zaif oʻyinda koʻrishsa-da, murabbiyning fikricha, bu jamoaning asosiy muammosi emas. "Manchester Yunayted"ga qarshi oʻyinda qancha imkoniyat berdik?
"Ayntraxt"ga qarshi oʻyinda 3:1 hisobida oldinda borar ekanmiz, raqib darvozamizga deyarli zarba bera olmadi. Oldingi oʻyinlarda ham raqiblarimiz koʻp imkoniyat yaratmagan.
Himoyamiz oʻtgan mavsumdagidan koʻp boʻshliq qoldirmayapti. Bizning asosiy muammomiz oʻz imkoniyatlarimizni yomon amalga oshirayotganimizda", - deya taʼkidladi niderlandiyalik murabbiy matbuot anjumanida.
Bugun "Liverpul" "Aston Villa"ga qarshi oʻyinda magʻlubiyatlar seriyasini toʻxtatishga urinib koʻradi.
Slot: "Liverpul"ning asosiy muammosi nima?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar