
PSJ markaziy himoyachisi Lukas Beraldo klubni tark etishi haqidagi gap-soʻzlarga munosabat bildirdi. Turli manbalarning xabarlariga koʻra, braziliyalik futbolchi jamoaning asosiy tarkibidan joy olishni xohlaydi va shu sababli yanvar oyida Parij klubini tark etishga tayyor.
Ammo 21 yoshli futbolchi ushbu maʼlumotlarni inkor etdi. "Men haqimda PSJni tark etish niyatim borligi haqida tarqalgan yolgʻon xabarlarni koʻrdim.
Bu yerda juda baxtliman. Bunday klubda oʻynash, uning ranglarini himoya qilish – haqiqatga aylangan orzuimdir.
Men toʻliq eʼtiborimni ishga qaratganman va jamoadoshlarim bilan birgalikda maqsadlarimizga erishish uchun 100 foiz kuchimni sarflayapman", – deya Beraldoning soʻzlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano. Yosh markaziy himoyachi 2024 yil boshida Braziliyaning "San-Paulu" klubidan PSJga oʻtgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar