
“Liverpul” yarim himoyachisi Rayan Gravenberx jamoasi holati va yaqinlashib kelayotgan “Aston Villa” bilan o‘yin haqida fikr bildirdi. “Biz yana g‘alabalarni qo‘lga kirita boshlashimiz kerak.
“Aston Villa” bilan o‘yinda qiyinchiliklar bo‘lishi aniq, ammo biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va bu safar g‘alaba qozonishga umid qilamiz. Eng muhimi, birlashib qolish va maydonda asosiy narsalarni to‘g‘ri bajarishdir.
Natijani ko‘ramiz”, – deydi Gravenberx jurnalistlar bilan suhbatda. Ushbu bahs Moskva vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
Arne Slot boshchiligidagi jamoa Angliya Premer-ligasida ketma-ket to‘rt mag‘lubiyatga uchragan. Hozirda “Liverpul” 15 ochko bilan APL jadvalida yettinchi o‘rinda, “Aston Villa” esa ochkolari teng bo‘lsa-da, to‘plar farqi yomonroq bo‘lgani sabab sakkizinchi pog‘onada joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar