
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe o'z o'yinidagi o'zgarishlar haqida fikr bildirdi. Fransiyalik yulduz 2024 yilning yozida "Real" safiga qo'shilgan.
U bungacha "PSJ" va "Monako" klublarida to'p surgan. "Besh yil ichida o'zgardimmi?
Umid qilamanki, ha. Chunki bu futbolchi uchun tabiiy jarayondir.
Doim rivojlanish kerak. Agar o'sha joyda qolib ketganimda, bu yaxshi holat bo'lmas edi.
O'ylaymanki, men ko'p narsani o'rgandim, xatolarim sabab inson sifatida ham yaxshilanishga erishdim. Yaxshilik sari o'zgarish har doim foydali.
Hozir men endi avvalgidek emasman", – deydi 26 yoshli futbolchi Madrid Universal nashriga bergan intervyusida. Joriy mavsumda Kilian Mbappe "Real" tarkibida 13 o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Mbappe: "Men endi avvalgidek emasman"
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar