
Angliya Premer-ligasi 10-tur doirasida Toshkentda "Tottenxem" va "Chelsi" jamoalari o'rtasida London derbisi bo'lib o'tadi. Ushbu o'yin uchun ehtimoliy asosiy tarkiblarni keltiramiz.
"Tottenxem": Viktoriyano (darvozabon), Spens, van de Ven, Danso, Porro, Bentankur, Palinya, Simons, Bergvall, Kudus, Kolo-Muani. "Chelsi": Sanches (darvozabon), Kukurelya, Chaloba, Fofana, Jeyms, Kaysedo, Fernandes, Bayno-Gittens, Joao Pedro, Netu, Jorj.
"Tottenxem" tarkibida jarohatlar tufayli Jeyms Meddison, Deyan Kulusevski, Ben Devis, Radu Dragushin, Dominik Solanke, Iv Bissuma, Archi Grey va Kota Takai maydonga tusha olmaydi. "Chelsi" tarkibida esa Levi Kolvill, Benoa Bad'yashil, Dariu Essugu va Koul Palmer jarohat olgan.
Shuningdek, diskvalifikatsiya sababli Liam Delap o'yinda ishtirok etmaydi. So'nggi turda "Tottenxem" "Everton"ni 3:0 hisobida yenggan bo'lsa, "Chelsi" "Sanderlend"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Turning hozirgi holatida "shporlar" "aristokratlar"dan uch ochko bilan yuqorida joylashgan. Angliya Liga Kubogining 1/8 final bosqichida "Tottenxem" "Nyukasl"ga 0:2 hisobida yutqazdi, "Chelsi" esa "Vulverhempton"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.
"Tottenxem Hotspur" stadionida bo'lib o'tadigan ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan bugun, 1-noyabr kuni soat 20:30 da boshlanadi. To'g'ridan-to'g'ri matnli onlayn translyatsiyani o'tkazib yubormang!
Tottenxem – Chelsi: Ehtimoliy tarkiblar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar