date

Inter va Napoli Idrissi bilan qiziqmoqda

Inter va Napoli Idrissi bilan qiziqmoqda
Inter va Napoli klublari Kalyari safida toʻp surayotgan 20 yoshli himoyachi Riyod Idrissining transferiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

Idrissi oʻtgan mavsumda Italiya B Seriyasida Modena jamoasida ijarada oʻynab, oʻzini yaxshi tomondan koʻrsatdi. Joriy mavsumda u Italiya chempionatida 5 oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urdi.

Bundan tashqari, Italiya Kubogida 2 oʻyinda ishtirok etib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Kalyari sport direktori Tommazo Julini yosh isteʼdoddan voz kechishni istamayapti.

Torino, Udineze va Jenoa klublarining takliflari allaqachon rad etilgan. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, futbolchining narxi atigi 1,5 million yevro sifatida baholangan, ammo Kalyari bu summadan koʻproq qiymat talab qilishi aniq.

Milliy terma jamoa darajasida Idrissi Italiya yoshlar terma jamoasi safida oʻynagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Inter va Napoli Idrissi bilan qiziqmoqda