date

Real Madrid Alaybegovichni qoʻlga kiritmoqchi

Real Madrid Alaybegovichni qoʻlga kiritmoqchi
Red Bull Zalsburg klubi vingeri Kerim Alaybegovich faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Defensa Central jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, 18 yoshli hujumkor yarim himoyachini Madridning Real klubi oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqish bildirmoqda. "Qirollik" klubi yosh futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzishni rejalashtirgan.

Alaybegovich uchun kurashda "Real"ning asosiy raqiblari Londonning Chelsi hamda Manchester Yunayted klublaridir. Joriy mavsumda yarim himoyachi 21 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Real Madrid Alaybegovichni qoʻlga kiritmoqchi