date

Barselona Martin Edegorni nishonga oldi

Barselona Martin Edegorni nishonga oldi
Norvegiya terma jamoasi va Londonning "Arsenal" klubi yarimhimoyachisi Martin Edegor Ispaniyaning mashhur klublaridan biri — "Barselona"ning qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda indykaila ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Kataloniyaliklar skandinaviyalik futbolchini kelasi mavsum oxirida sotib olish bo'yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda. Edegor "Arsenal" bilan 2028 yilning o'rtalarigacha amalda bo'lgan shartnomaga ega.

Uning transfer qiymati 80 million yevroga baholanmoqda. Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Edegor oltita uchrashuvda maydonga tushib, bir marta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Barselona Martin Edegorni nishonga oldi