
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Alan Shirer "Liverpul"ning soʻnggi oʻyinlardagi natijalarini izohladi. Arne Slot shogirdlari barcha musobaqalarda oʻtkazilgan soʻnggi yetti oʻyindan faqat birida gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi.
"Mening bir qismim oʻylaydi: bu natijalar seriyasi abadiy davom eta olmaydi, chunki jamoada juda koʻp mahorat bor. Ammo menga hozirgi "Liverpul" yoqmayapti: ular kurashmayapti va tashkilotchilik yoʻqolgan", - deydi Shirer Betfair nashriga bergan intervyusida.
Angliya chempionatining toʻqqiz turidan soʻng, mersisaydliklar 15 ochko bilan turnir jadvalida yettinchi oʻrinni egallab turibdi. 1-noyabr kuni "Liverpul" APLning 10-turida "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar