O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Kun.uz ma’lum qildi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, MOQning yangi rahbari etib Alisher Sultonov tayinlangan. Endilikda sobiq rahbar Mirabror Usmonov qo‘mitaning faxriy prezidenti lavozimida qolgan.
Mirabror Usmonov bundan buyon O‘FF prezidenti sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, 1967 yilda tug‘ilgan Alisher Sultonov 2013 yil noyabr oyidan buyon «O‘zbekneftgaz»ning Prognozlash, resurslar va investisiya dasturlari bosh boshqarmasi boshlig‘i — boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Alisher Sultonov 2013 yilning dekabrida Qarshining «Nasaf» jamoasiga direktor bo‘lgandi.
2015 yilning avgustida «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi rahbari etib tayinlangandi. U bu rahbarlik lavozimini ham saqlab qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Medvedev yadroviy qurol texnologiyasini “AQSH dushmanlariga” berishni taklif qildi
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
Komil Allamjonovga suiqasdda gumonlanib 5 kishi qamoqqa olindi