date

Bavariya moliyaviy muvaffaqiyatlarni eʼlon qildi

Bavariya moliyaviy muvaffaqiyatlarni eʼlon qildi
Bavariya futbol klubi 2024/25 mavsumida 978 million yevro daromad va soliqlardan keyin 27,1 million yevro sof foyda bilan rekord natijalarga erishganini eʼlon qildi. Bu haqda klubning rasmiy veb-saytida xabar berildi.

Klub boshqaruv raisi Yan-Kristian Drezen: "Qiyin davrlar va transfer bozori keskin o'sishiga qaramay, biz yana bir bor rekord darajadagi daromadga erishdik va mustahkam foyda ko'rsatdik. Bu natijalar klubimizning kuchli va barqaror ekanini namoyon etadi.

Bavariya FK o'zining barqarorligi bilan ajralib turadi", dedi. Maʼlum qilinishicha, konsernning umumiy daromadi o'tgan yilga nisbatan 2,8 foizga oshgan.

Bundensligada yetakchilik qilayotgan klubning operatsion foydasi esa 11,3 foizga o'sib, 187,8 million yevroni tashkil qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bavariya moliyaviy muvaffaqiyatlarni eʼlon qildi