Roma Zirkzee transferi uchun muzokara boshladi

Roma Zirkzee transferi uchun muzokara boshladi

Roma Zirkzee transferi uchun muzokara boshladi
Manchester Yunayted markaziy hujumchisi Joshua Zirkzee qishki transfer oynasida jamoani tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, niderlandiyalik forvard o‘zining o‘yin vaqtidan norozi. U joriy mavsumda bor-yo‘g‘i 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Zirkzee agentidan ijaraga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragan. Ma’lum qilishlaricha, futbolchiga Italiyaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.

Jumladan, Roma Zirkzee transferi bo‘yicha Manchester Yunayted bilan muzokaralarni boshlagan. Eslatib o‘tamiz, Zirkzee 2024 yil yozida Manchester Yunayted safiga qo‘shilgan edi.

U “qizil iblislar” tarkibida 54 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar