
Haqiqiy kino hikoyasi: "Espanol" jamoasining hozirgi bosh murabbiyi, 46 yoshli Manolo Gonsales ilgari avtobus haydovchisi bo'lib ishlagan. The Guardian nashrining xabar berishicha, u hatto 2020-yilga qadar Barselona va Badalona shaharlari orasidagi yo'nalishda avtobus boshqargan.
Aslida, bu ish Gonsales uchun vaqtinchalik daromad manbai bo'lgan, chunki futboldagi ishlari yaxshi ketmagan. Ammo 2020-yilda uning "Badalona" jamoasi Ispaniya Qirol kubogida "Xetafe"ni mag'lubiyatga uchratdi va bu uning murabbiylik faoliyatida burilish nuqtasi bo'ldi.
2023-yilda Gonsales "Espanol"ni murakkab vaziyatda quyi ligaga tushib ketishdan qutqarib qoldi va shu orqali jamoa muxlislarining mehrini qozondi. Hozirda esa jamoa La Liga jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.