De Bruyne muxlislarga murojaat qildi

Qisqacha
Kevin de Bruyne jarohati sababli muvaffaqiyatli operatsiya qilindi va tiklanish jarayonini boshladi. "Napoli" futbolchisi muxlislariga xabarlari va qo'llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirdi. U taxminan to'rt oyga safdan chiqqan, maydonga bahor oylarida qaytishi kutilmoqda. Kevin de Bruyne "Napoli" safida A Seriyada sakkizta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urgan.
Belgiyalik yarim himoyachi Kevin de Bruyne ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida muxlislarga murojaat qilgan post eʼlon qildi. "Hammaga salom!
Oʻzingiz bilganingizdek, bir muddat oʻynay olmayman. Yaxshi xabar shundaki, operatsiya muvaffaqiyatli oʻtdi.
Tiklanish jarayonim allaqachon boshlandi. Xabaringiz va qoʻllab-quvvatlashingiz uchun barchaga rahmat", - deb yozdi "Napoli" futbolchisi.
Avvalroq De Bruyne jarohati tufayli taxminan toʻrt oyga safdan chiqqani haqida xabar qilingan edi. Kutilishicha, u maydonga bahor oylarida qaytadi.
Kevin de Bruyne "Napoli" safida A Seriyada sakkizta oʻyin oʻtkazib, toʻrtta gol urishga muvaffaq boʻlgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Oʻzingiz bilganingizdek, bir muddat oʻynay olmayman. Yaxshi xabar shundaki, operatsiya muvaffaqiyatli oʻtdi.
Tiklanish jarayonim allaqachon boshlandi. Xabaringiz va qoʻllab-quvvatlashingiz uchun barchaga rahmat", - deb yozdi "Napoli" futbolchisi.
Avvalroq De Bruyne jarohati tufayli taxminan toʻrt oyga safdan chiqqani haqida xabar qilingan edi. Kutilishicha, u maydonga bahor oylarida qaytadi.
Kevin de Bruyne "Napoli" safida A Seriyada sakkizta oʻyin oʻtkazib, toʻrtta gol urishga muvaffaq boʻlgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…