Latsio Kalyarini ortda qoldirdi

A Seriyaning 10-turida uzoq vaqtdan buyon magʻlubiyatga uchramayotgan "Latsio" va koʻp oʻyinlarda ochko yoʻqotayotgan "Kalyari" oʻzaro toʻqnash kelishdi. Oʻyin davomida maydonda hech biri sezilarli ustunlik qilganini aytib boʻlmaydi.
65-daqiqada "burgutlar" tezkor hujum uyushtirib, unda Matteo Genduzi sherigiga toʻpni oshirib berdi, Gustav Isaksen esa chap oyogʻi bilan darvozani ishgʻol qildi – 1:0. Qoʻshimcha vaqtda esa Matteo Pratining xatosidan keyin Mattia Dzakkanyi ikkinchi golni urib, oʻyinga nuqta qoʻydi – 2:0.
Ushbu gʻalabadan soʻng Rim klubi 15 ochko bilan 8-oʻringa koʻtarildi, "Kalyari" esa 9 ochko bilan 14-oʻrinda joylashgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!65-daqiqada "burgutlar" tezkor hujum uyushtirib, unda Matteo Genduzi sherigiga toʻpni oshirib berdi, Gustav Isaksen esa chap oyogʻi bilan darvozani ishgʻol qildi – 1:0. Qoʻshimcha vaqtda esa Matteo Pratining xatosidan keyin Mattia Dzakkanyi ikkinchi golni urib, oʻyinga nuqta qoʻydi – 2:0.
Ushbu gʻalabadan soʻng Rim klubi 15 ochko bilan 8-oʻringa koʻtarildi, "Kalyari" esa 9 ochko bilan 14-oʻrinda joylashgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…