
Barselonaning markaziy himoyachisi Andreas Kristiansten katta ehtimol bilan kelasi yozda klubni tark etadi. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, 29 yoshli Daniya futbolchisi doimiy jarohatlar sababli "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati u bilan shartnomani uzaytirishni istamayapti. Ilgari Kristiansten bir jarohatdan tuzalganidan so‘ng kun o‘tmay yana yangi jarohat olgani qayd etilgan edi.
Joriy mavsumda Kristiansten barcha musobaqalarni hisobga olganda jami to‘qqizta o‘yinda maydonga tushgan, biroq samarali harakatlari bilan ajralib tura olmagan. Futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, Daniyalik futbolchining narxi 12 million yevroga teng. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.