
Rimning "Roma" klubi sobiq hujumchisi va sardori Fransesko Totti jamoaning mavsumni muvaffaqiyatli boshlagani haqida fikr bildirdi. U rimliklarning Yevropaning eng nufuzli va daromadli klub musobaqasi – Chempionlar ligasiga qaytishiga umid qilmoqda.
Buning uchun jamoa mavsumni dastlabki toʻrtlikda yakunlashi kerak. Ammo Totti bu yoʻlda ehtiyotkorlikni unutmaslikka chaqirdi.
"Roma" mavsumni yaxshi boshladi, bu meni quvontiradi. Lekin hozirgi natijalar hali koʻrsatkich hisoblanmaydi.
Barqarorlikni saqlab qolish kerak. Umid qilamanki, "Roma" Chempionlar ligasiga qaytadi", – dedi Totti derbyderbyderby.it manbasiga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, Fransesko Totti oʻzining futbolchilik faoliyatini 2017-yilda yakunlagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing