date

Bahodir Jalolovning 2026 yil rejalari


Ikki karra Olimpiya chempioni, o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov (16-0, 14 KO) yaqinlashib kelayotgan jang oldidan o‘z rejalarini o‘rtoqlashdi va 2026 yil uchun ulkan maqsadlarini ma’lum qildi. Bu haqda Qozog‘istonning yirik sport portali “Sports.kz” “Liftpromotions”ga asoslanib xabar berdi.

Tajribali superog‘ir vazn toifasidagi bokschi bu yaqinlashayotgan jangni o‘zbek professional boksining rivojlanishida muhim pallalardan biri deb biladi. U bu voqea orqali O‘zbekistonga dunyo miqyosidagi mashhur bokschilarni jalb qilish imkoniyati paydo bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Jalolov o‘z muxlislari va butun O‘zbekiston xalqiga tomoshabop jang namoyish etib, faqat ijobiy hissiyotlar ulashishni maqsad qilganini ta’kidladi. Sportchining aytishicha, hozirgi tayyorgarlik jarayoni muvaffaqiyatli kechmoqda va u a’lo sport formasida.

Jalolov jangga bo‘lgan ishtiyoqi baland ekanini aytib, yana o‘z vatandoshlari oldida ringga chiqishni intiq kutayotganini qo‘shimcha qildi. Agar bu jang muvaffaqiyatli o‘tsa, Jalolov va uning jamoasi kelajak uchun yirik strategik rejalar tuzgan.

2026 yilda bokschi dunyoning nufuzli arenalarida katta janglar o‘tkazishni va professional boksdagi eng yuqori unvonlar uchun kurashishni maqsad qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 14-noyabr kuni Toshkentda boks kechasida Jalolov nigeriyalik mag‘lubiyatsiz bokschi Solomon Adebayo (14-0, 13 KO) bilan jang qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolovning 2026 yil rejalari