date

Mourinyo: "Nyukasl" mag'lubiyatidan keyin yaxshi javob berdik

Mourinyo: "Nyukasl" mag'lubiyatidan keyin yaxshi javob berdik
Portugaliyaning "Benfika" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Germaniyaning "Bayer" klubiga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumani o'tkazdi. Chempionlar ligasi to'rtinchi tur uchrashuvi 5-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

"Biz turnir jadvalida kurashmoqdamiz va ular ham shunday. Bu biz uchun muhim o'yin.

Agar biz uni yutmasak, vaziyat yanada qiyinlashadi. "Nyukasl"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng yaxshi javob bera oldik — ketma-ket uchta o'yinda g'alaba qozondik, yaxshi o'ynadik, gol urdik va gol o'tkazmadik", — deydi murabbiy klubning rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Mourinyo muxlislarni jamoani faolroq qo'llab-quvvatlashga chaqirdi. "Stadion odamlar bilan to'lganida, ular faqat o'yinni tomosha qilish uchun kelishadi.

Ammo stadion o'yinga jon kuydiradigan odamlar bilan to'lsa, bu mutlaqo boshqa narsa bo'ladi", — dedi u. "Benfika" hozirda 0 ochko bilan 35-o'rinda bormoqda, "Bayer" esa 2 ochko jamg'arib, 29-o'rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinyo: "Nyukasl" mag'lubiyatidan keyin yaxshi javob berdik