
Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Yann-Aurel Bissek faoliyatini APLning kuchli oltitaligiga kiruvchi "Tottenxem" klubida davom ettirishi mumkin. Italiyaning Gazzetta dello Sport gazetasining xabariga ko'ra, himoyachining so'nggi paytlardagi kuchli o'yinlari Angliya Premer-ligasi klublarining qiziqishini yana o'yg'otgan.
Hozirda uning transferi bo'yicha asosiy da'vogar "Tottenxem Hotspur" hisoblanmoqda. Shu yilning yozida futbolchiga boshqa bir London klubi – "Kristal Pelas" ham qiziqish bildirgan edi, biroq o'shanda kelishuv amalga oshmagan.
Oʻyinchining oʻzi ham ushbu transferni faol qoʻllab-quvvatlamoqda. Maʼlumotlarga koʻra, "Tottenxem"ga oʻtish perspektivasi futbolchi va uning yaqinlari uchun "qiziqarli" koʻrinmoqda, bu esa uning Angliyaga koʻchib oʻtishga tayyorligini anglatadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.