Chelsi yarim himoyachisini yo'qotdi

«Chelsi» yarim himoyachisi Romeo Laviya Chempionlar ligasi to'rtinchi turida «Qarabag'»ga qarshi o'yinning sakkizinchi daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o'rniga Moises Kaysedo tushirildi. Laviyaning jarohati qanchalik jiddiy ekani o'yindan so'ng ma'lum bo'ladi, uchrashuvning dastlabki 12 daqiqasida hisob 0:0 bo'lib turibdi.

Chorshanba kuni kechqurun "Chelsi" Chempionlar ligasi toʻrtinchi turida safarda Ozarbayjonning "Qarabagʻ" jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Uchrashuvning sakkizinchi daqiqasida London jamoasi bosh murabbiyi Enso Mareskaga majburiy almashtirishni amalga oshirishga toʻgʻri keldi.
Yarim himoyachi Romeo Laviya jarohat olib, oʻyinni davom ettira olmadi. Uning oʻrniga Moises Kaysedo zudlik bilan maydonga tushirildi.
Laviya jarohatining qanchalik jiddiy ekani oʻyin tugaganidan soʻng maʼlum boʻladi. Biz bu boradagi yangiliklarni kuzatishda davom etamiz.
Ozarbayjondagi mazkur oʻyin voqealarini matnli translyatsiya orqali kuzatishingiz mumkin. Uchrashuvning dastlabki 12 daqiqasida hisob ochilmadi, tablodagi raqamlar hozircha 0:0 ni koʻrsatmoqda.































Izohlar 0
…