
Chelsi jamoasi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining toʻrtinchi turida Ozarbayjonga safar qilib, Qоrabоg' jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Har ikki jamoa oʻz hisobida olti ochkodan ega boʻlib, bu oʻyin ulkan ahamiyat kasb etardi.
Oʻyin 16-daqiqada Chelsi foydasiga boshlandi. Estevao Andre Santosdan uzatma olib, toʻpni yaqin burchakka aniq yoʻlladi (0:1).
Ammo Qоrabоg' oʻz maydonida kuchli raqibdan choʻchimay oʻynadi va tez orada javob berdi. 29-daqiqada Andradening zarbasi hisobni tenglashtirdi (1:1).
Shundan keyin Qоrabоg' penaltidan foydalanib, Yanovich tomonidan hisobni 2:1 koʻrinishiga olib keldi. Ikkinchi boʻlimda Chelsi oʻyinni nazorat qilishga harakat qildi.
Garnacho zaxiradan maydonga tushib, oʻyinning 53-daqiqasida tenglikni taʼminladi (2:2). Qolgan daqiqalarda har ikki jamoa gʻalaba qozonish uchun imkoniyat yaratdi, ammo hisob oʻzgarmadi.
Bu durang natija ikkala jamoaga ham bittadan ochko olib keldi. Endlikda har ikkisi yetti ochko bilan turnir jadvalida tenglashib turibdi.
Keyingi turda Qоrabоg' Napoli bilan, Chelsi esa Barselona bilan kuch sinashadi.
Garnacho qutqardi: Chelsi Qоrabоg' bilan durang oʻynadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar