date

"Marsel" klubi sport direktori hakamlikdan norozilik bildirdi

"Marsel" klubi sport direktori hakamlikdan norozilik bildirdi

Fransiyaning "Marsel" klubi Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsata olmayapti. Jamoa dastlabki to‘rt uchrashuvdan uchtasida mag‘lubiyatga uchradi.

So‘nggi turda esa klub Italiya vakili "Atalanta"ga 0:1 hisobida yutqazdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida "Marsel" futbolchilari raqibning qo‘l bilan o‘ynagani sababli penalti talab qilishdi.

Ammo hakamlar bu da’voni e’tiborsiz qoldirishdi. Klubning sport direktori Mexdi Benatiya vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.

"Bu sof penalti edi, Edersonning qo‘l bilan o‘ynaganini hamma ko‘rdi. Bu biz uchun Chempionlar ligasida ikkinchi shunday holat.

"Real"ga qarshi o‘yinda bizning darvozamizga shubhali penalti belgilashdi, bu safar esa bizga penalti berishmadi. Hakamlar bizga nisbatan nohaq va hurmatsiz munosabatda bo‘lishmoqda", - dedi Benatiya.

Keyingi turda "Marsel" Angliyaning "Nyukasl" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Marsel" klubi sport direktori hakamlikdan norozilik bildirdi