date

Liverpul Bastoni uchun 100 mln yevro taklif qilmoqchi

Liverpul Bastoni uchun 100 mln yevro taklif qilmoqchi
Liverpul jamoasi himoya chizigʻida muammolarga duch kelmoqda. Shu sababli mersisaydlik klub yanvar oyida transfer bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda.

Fichajes nashrining xabariga koʻra, Liverpulning asosiy transfer maqsadi Inter himoyachisi Alessandro Bastoni boʻlib turibdi. Manbalarga koʻra, Liverpul Bastonining oʻyin sifati va tajribasini yuqori baholamoqda va uni xarid qilish uchun 100 million yevro toʻlashga tayyor.

Klub rahbariyati 26 yoshli italiyalik futbolchini himoya chizigʻini qayta qurish loyihasiga mukammal mos keladi deb hisoblamoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda Alessandro Bastoni 12 ta oʻyinda maydonga tushib, bir gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Liverpul oʻzining keyingi oʻyinini 9-noyabr kuni safarda Manchester Siti jamoasiga qarshi oʻtkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Liverpul Bastoni uchun 100 mln yevro taklif qilmoqchi