Gvardiol Donnarummaning transferini baholadi

Gvardiol Donnarummaning transferini baholadi

Gvardiol Donnarummaning transferini baholadi
Manchester Siti himoyachisi Yosho Gvardiol italiyalik darvozabon Janluiji Donnarummaning jamoaga moslashuvi haqida fikr bildirdi. "Manchester Siti" har doim yuqori darajadagi darvozabonlarga ega boʻlgan.

Janluiji ham ulardan biri. Donnarumma tezda jamoaga moslashdi.

Jamoa aʼzolari uning bizning kollektivimizning bir qismiga aylanganidan xursand. U bilan biz yanada katta natijalarga erishishimiz mumkin", – deydi futbolchi City Xtra akkauntida keltirilgan soʻzlarida.

Italiyalik darvozabon oʻtgan yozda fransuzning PSJ klubidan inglizning "shaharliklar" jamoasiga oʻtdi. Transfer summasi 30 million yevroni tashkil etdi.

Janluiji "Manchester Siti" bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar