date

Allegri: "Milan"ning asosiy muammosi nimada?

Allegri: "Milan"ning asosiy muammosi nimada?
Massimiliano Allegri, "Milan" bosh murabbiyi, jamoaning hozirgi mavsumdagi asosiy muammolari haqida fikr bildirdi. Shanba kuni "rossoneri" A Seriyaning 11-turida "Parma" bilan 2:2 hisobida durang oʻynadi.

Uchrashuvda "Milan" ilk boʻlimning 45-daqiqasiga qadar 2:0 hisobida oldinda edi. "Bizning asosiy maqsadimiz – kuchli toʻrtlikdan joy olish, hozirda biz shu pozitsiyadamiz.

Bilamizki, top-4da qolishimiz kerak. "Milan" muhim oʻyinlarni yutdi, ammo darajasi pastroq jamoalarga qarshi oʻyinlarda koʻp ochko yoʻqotdi.

Buni tuzatishimiz shart", – dedi Allegri DAZNga bergan intervyusida. Hozirda "Milan" 22 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Ammo yaqin orada "Napoli", "Inter" va "Roma" kabi klublar hozirgi turdagi oʻyinlarini yutsa, "Milan"dan oʻzib ketishlari mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Allegri: "Milan"ning asosiy muammosi nimada?