Bernabe: Eng muhim gol


Italiya futbolida 11-tur uchrashuvlari davom etmoqda. "Parma" jamoasi "Milan" bilan o'zaro bahsda, ikki to'p farqida ortda qolganiga qaramay, durang natijani qo'lga kiritdi.
Ushbu o'yinda "Parma"ning birinchi golini kiritgan futbolchi Adrian Bernabe voqealar haqida fikr bildirdi. U tanaffus oldidan o'z jamoasiga umid baxsh etuvchi gol urishga muvaffaq bo'ldi.
"Bu eng chiroyli golmi? Yo'q, lekin albatta eng muhim gollardan biri.
Birichji to'p uchun maydon kurashida bor kuchimizni sarfladik va bu, o'yin qiyin kechganda ham, muhim ahamiyatga ega", – deydi Bernabe pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Keyingi turda "Parma" Italiya chempionati doirasida "Verona"ga qarshi bahs olib boradi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…