
Angliyaning 'Vulverhempton' klubi bosh murabbiylik lavozimiga Rob Edvards tayinlandi. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 'Vulverhempton' Edvardsning avvalgi klubi 'Middlsbro' bilan kompensatsiya miqdori bo‘yicha kelishuvga erishgan. To‘lov summasi 2,275 million yevroni tashkil qiladi.
Shartnoma muddati 3,5 mavsumni o‘z ichiga oladi. Edvards 'Middlsbro'dan avval 'Uotford', Angliya yoshlar terma jamoasi (U16) va boshqa kamroq taniqli klublarda faoliyat olib borgan.
Kutilishicha, murabbiy jamoani Angliya Premer-ligasidagi o‘rnini saqlab qololmasa ham, lavozimida qoladi. Rasmiy bayonot 10-noyabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.
Hozirgi vaqtda 'Vulverhempton' 11 ta o‘yinda atigi 2 ochko to‘plagan va chempionat turnir jadvalining so‘nggi – 20-o‘rnida joylashgan. 'Nottingem' hisobida 6 ochko bo‘lsa, 'Vest Hem' va 'Byornli' klublarida 10 ochkodan mavjud.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar