
Robert Levandovskining xet-triki "Barselona" jamoasiga La Liganing 12-turida "Selta" ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonishga yordam berdi. "Ko‘k-anor ranglilar"ning yulduz futbolchisi tanaffusgacha ikki bor gol urdi va ikkinchi bo‘limda o‘yin yakuniy hisobini belgiladi.
StatMuse ma’lumotlariga ko‘ra, Levandovski Ispaniya chempionatida 35 yoshdan keyin xet-trik qayd etgan uchinchi futbolchi bo‘ldi. U bilan bir qatorda afsonaviy Ferens Pushkash va Alfredo di Stefano ham 35 yoshdan keyin uch martadan xet-trik amalga oshirgan.
Joriy yilning avgustida Robert Levandovski 37 yoshga to‘ldi. Umumiy hisobda u 2022-yilda "Bavariya"dan "Barselona"ga o‘tganidan beri barcha musobaqalarda 159 o‘yinda 108 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar