
Markus Reshford "Barselona" va "Selta" oʻrtasidagi uchrashuvning qahramonlaridan biri boʻldi. Oʻyin kataloniyaliklarning 4:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Angliyalik futbolchi ikki marta Robert Levandovski uchun golli pas berdi. "Oʻylaymanki, ikkinchi boʻlimda biz oʻzimizni ancha yaxshi koʻrsatdik, jamoaviy va intizomli oʻynadik.
Murabbiyimiz har doim asosiy maqsadimizni – oʻz oʻyin uslubimizni saqlashni taʼkidlaydi: agressiv pressing qilish va himoyada yuqori chiziqni ushlab turish. Natija qanday boʻlishidan qatʼi nazar, rejaga amal qilishimiz kerak.
Bugungi birinchi assistim bu mavsumdagi eng yaxshilaridan biri, deb oʻylayman. Men oʻz oʻyinimdan ham, jamoamizning chiqishidan ham mamnunman.
Oʻzimni ajoyib his qilyapman", – dedi Reshford oʻyindan keyingi intervyusida. 28 yoshli futbolchi, "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan holda, joriy La Liga mavsumida oltita golli pas bilan toʻp uzatish boʻyicha yetakchilikka chiqdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar