date

Levandovski La Liga to'purarlar ro'yxatida ikkinchi o'ringa ko'tarildi

Levandovski La Liga to'purarlar ro'yxatida ikkinchi o'ringa ko'tarildi
Barselona hujumchisi Robert Levandovski La Liga to'purarlar poygasida o'z o'rnini mustahkamladi. U "Selta"ga qarshi kechgan o'yinda (4:2) xet-trik qayd etib, uchrashuvning 10, 37 va 73-daqiqalarida gol urdi.

37 yoshli polshalik futbolchining joriy Ispaniya chempionatidagi gollari soni endi yettita bo'lib, u Atletikoning hujumchisi Xulian Alvares bilan ikkinchi o'rinni bo'lishmoqda. Faqatgina "Real" Madrid yulduzi Kilian Mbappe 13 gol bilan ulardan oldinda.

Yakshanba kuni uchta gol urgan Levandovski, "Barselona"dagi jamoadoshlari Lamin Yamal (4) va Ferran Torres (5), shuningdek, "Real" vakili Vinisius Junior (5), "Levante"dan Etta Eyong hamda "Malyorka" hujumchisi Vedat Murikilarni (6 tadan gol) ortda qoldirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Levandovski La Liga to'purarlar ro'yxatida ikkinchi o'ringa ko'tarildi