date

Chelsi 45 mln yevroga olgan futbolchini sotadi

Chelsi 45 mln yevroga olgan futbolchini sotadi
Chelsi klubi himoyachisi Aksel Disasi joriy mavsum oxirigacha klubda qolishi dargumon. Fransiyalik futbolchi bu mavsumda "ko'klar" safida birorta ham uchrashuvda maydonga tushmadi.

Bosh murabbiy Entso Mareska uni tarkibdan chetlashtirdi. Jurnalist Santi Aunaning ma'lumotiga ko'ra, 27 yoshli futbolchi qishki transfer oynasi ochilganda, ya'ni yanvar oyida klubni tark etishi kutilmoqda.

London klubi ustozi uni asosiy jamoaga qaytarishni rejalashtirmayapti. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, Aksel Disasining transfer narxi 18 million yevroga teng.

Chelsi uni 2023 yilning yozida Monakodan 45 million yevroga sotib olgan edi. Hozirgi vaqtda London klubi Angliya Premer-ligasining turnir jadvalida 11 turdan so'ng uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Chelsi 45 mln yevroga olgan futbolchini sotadi