
FIFA taqdimot marosimidan keyin oqshom qahramoni Krishtian Ronaldu ko‘plab intervyular berdi. Bular orasida FIFA rasmiy sayti uchun olingan blis-intervyu ham bor.
Faoliyatingdagi eng yaxshi gol?
- Oxirgi golim. Men hamisha bu savolga shunday javob beraman.
KR7 bo‘lishning eng afzal jihat nimada?
- Eng yaxshisi - bu odamlarga xursandchilik ulashish.
Faoliyating davomida sen qarshi o‘ynashga to‘g‘ri kelgan eng kuchli himoya?
- Bu savolga aniq javob berishim qiyin. Men ko‘p bora dunyoning eng kuchli himoyachilariga qarshi o‘ynaganman. Ulardan qaysi birinidir ajratib ko‘rsata olmayman.
Hayotingdagi eng yaxshi kun qachon bo‘lgan?
- O‘g‘lim dunyoga kelganida.
Eng ko‘p yoqtirgan musiqang?
- Menda bunday musiqalar ko‘p. Men jo‘shqin musiqalarni afzal bilaman... Masalan, reggeton. Ha, reggeton bo‘laqolsin.
O‘g‘lingdan qanday gapni eshitishni xush ko‘rasan?
- Dada, men seni yaxshi ko‘raman, sen dunyodagi eng yaxshi otasan.
Portugaliyadagi eng yaxshi shahar qaysi?
- Funshal, Madeyradagi asosiy shahar.
Sen o‘ynagan eng yaxshi stadion?
- «Santyago Bernabeu».
Onang tayyorlaydigan eng yaxshi taom?
- Bakalao (treska). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar