
Manchester Yunayted klubi hujumchisi Joshua Zirkzee transferga qoʻyilgan asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Gollandiyalik futbolchi 2024 yilning yozida Bolonya klubidan qariyb 43 million yevro evaziga "qizil iblislar" safini toʻldirgan edi, biroq Angliyada kutilgan natijalarni bera olmadi.
Jurnalist Mark Ogdenning xabariga koʻra, Zirkzeening tez orada sotilishi ehtimoli katta. Manchester Yunayted rahbariyati hujumchini Italiyaga xuddi shunday narxda qaytarish mumkinligiga ishonmoqda.
Mish-mishlarga koʻra, 24 yoshli futbolchini Rimning Roma klubi sotib olishga tayyor. Shuningdek, Milan ham Zirkzeega qiziqish bildirgan.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 28 million yevroga baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.