date

Joan Garsiya: "Barselona" uslubi xavfli, lekin samarali


“Barselona” darvozaboni Joan Garsiya jamoasining o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi. “Bosh murabbiy Xans-Diter Flik bizni juda yuqori chiziqda himoya qilishga odatlantirdi.

Bu uslub, ba'zan, raqiblarimizga imkoniyat yaratib bergandek ko‘rinsa-da, to‘g‘ri qo‘llanilganda ajoyib natijalar beradi. Biz, darvozabonlar uchun, bu uslub butun o‘yin davomida diqqatni jamlashga yordam beradi.

Ha, bu xavfli uslub, lekin raqiblarni tezroq harakat qilishga, tezroq qaror qabul qilishga majbur qilamiz. Shu sababli, ular kichik maydonlarda ko‘proq xatolarga yo‘l qo‘yishadi va bu bizga to‘pni qaytarib olish imkonini beradi.

Bu uslubda hammasi santimetrlar bilan hal qilinishi mumkin, shuning uchun juda yaxshi tayyorgarlik talab etiladi. Men jamoamizning uslubiga ishonaman va ayrim jihatlarni yaxshilaganimizdan so‘ng, ulkan natijalarga erishamiz”, – deya Garsiyaning so‘zlarini ispan nashrlari keltirgan.

“Barselona” 12 turdan so‘ng La Liga jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Joan Garsiya: "Barselona" uslubi xavfli, lekin samarali