
Madridning "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares UEFA Chempionlar ligasida o'ziga xos natijaga erishdi va Lionel Messidan o'zib ketdi. Bu haqida jurnalist J Ladrón o'z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
25 yoshli Alvares joriy yilning 4-noyabr kuni Belgiyaning "Union" jamoasi darvozasiga gol urdi. Bu gol unga Chempionlar ligasidagi dastlabki 30 o'yinda eng ko'p gol urgan argentinalik futbolchi bo'lish imkonini berdi.
Taqqoslash uchun, Lionel Messi 16 ta, Serxio Aguero 14 ta, Hernan Krespo va Lisandro Martines esa 13 tadan gol urgan. Joriy mavsumda Transfermarkt portaliga ko'ra, 100 million yevroga baholangan Xulian Alvares klub darajasida 15 ta o'yinda 9 ta gol urib, 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.