
Barselonaning himoyachisi Erik Garsiya klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolash arafasida turibdi. Muzokaralar muvaffaqiyatli davom etmoqda va yakuniy bosqichga yetdi.
Jurnalist Ferran Korreasning ma'lumotiga ko'ra, 24 yoshli futbolchi 'koʻk-anorranglilar' bilan 2029 yil o'rtalarigacha shartnoma imzolaydi. Shuningdek, kelishuvga yana bir yilga avtomatik uzaytirish imkoniyati ham kiritiladi.
Erik Garsiya 2021 yilda 'Manchester Siti'dan 'Barselona'ga qaytgan edi. Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoada barcha musobaqalar doirasida 16 ta o'yinda maydonga tushib, bir marta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Uning amaldagi shartnomasi ushbu yozda yakunlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.