date

Marko Verratti Seriya Ada kimni qo‘llab-quvvatlashini aytdi


Qatarning "Al-Duhail" klubi yarim himoyachisi, avvalroq "PSJ" safida mashhur bo‘lgan Marko Verratti joriy Seriya A mavsumidagi chempionlik poygasiga o‘z munosabatini bildirdi. 33 yoshli futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u "Milan" klubini qo‘llab-quvvatlamoqda.

"Hozirda "Milan" Yevrokuboklarda ishtirok etmayapti, bu ularga chempionatda muvaffaqiyatga erishish uchun yordam berishi mumkin. Nega bunday ekanini aniq ayta olmayman, ammo bu mavsumda "skudetto" uchun kurashda "Milan"ga xayrixohlik qilaman", – dedi Verratti Sky Sport telekanaliga bergan intervyusida.

Shuni ta’kidlash kerakki, Marko Verratti hech qachon Seriya Ada o‘ynamagan. 2012 yilda "PSJ" uni Seriya Bda ishtirok etgan "Peskara"dan xarid qilgan.

2023 yilda futbolchi Qatar chempionatiga o‘tib, dastlab "Al-Arabi" bilan shartnoma imzolagan, keyinchalik esa "Al-Duhail" safiga qo‘shilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marko Verratti Seriya Ada kimni qo‘llab-quvvatlashini aytdi