date

Inter ikki himoyachisini tark etadi


Inter jamoasining markaziy himoyachilari Stefan de Vrey va Francesco Acherbi Milan klubida so‘nggi mavsumlarini o‘tkazmoqdalar. 33 yoshli niderlandiyalik va 37 yoshli italiyalik futbolchilar kelasi yil yozida “neradzurrilar” safini tark etishadi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, klub rahbariyati ularning o‘rnini bosuvchi futbolchilarni izlashni boshlagan. Nomzodlar orasida asosiy eʼtibor Belgiya jamoasi Bryugge safida to‘p surayotgan ekvadorlik Joel Ordonezga qaratilmoqda.

Hozircha kim bilan shartnoma imzolanishi aniq emas, biroq Milan klubi rahbariyati markaziy himoyani kuchaytirishga qatʼiy qaror qilgan. Ayni damda Inter A Seriya turnir jadvalida 11 turdan so‘ng 24 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.

23-noyabr kuni Kristian Kivu jamoasi “Milan” bilan to‘qnash keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter ikki himoyachisini tark etadi