date

Real yulduzi Liverpulga almashishi mumkin


Madridning "Real" klubi "Liverpul" jamoasi yarim himoyachisi Florian Virtsni transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. 22 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasiga hali moslashib ulgurmagan va kutilgan natijalarni bermayapti.

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso, Virts bilan "Bayer" klubida birga ishlagan davridan yaxshi tanish bo'lgani uchun, unga qiziqish bildirayotganini aytishmoqda. Defensa Central ma'lumotlariga ko'ra, "Real" Virtsni qo'lga kiritish maqsadida "Liverpul"ga Rodrigoni taklif qilmoqchi.

Braziliyalik hujumchi "Real"ning asosiy tarkibidan joy topa olmayapti va klub uni 2026 yilda tark etishga ruxsat berishga tayyor. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Virtsning transfer qiymati 130 million yevro, Rodrigoning qiymati esa 80 million yevroga baholangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real yulduzi Liverpulga almashishi mumkin