date

Obameyang: "Chelsi"ga o'tish eng katta xato edi


Taniqli gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang Londondagi "Chelsi" jamoasida o'tkazgan faoliyatidan hafsalasi pir bo'lganini ma'lum qildi. "Chelsi"ga o'tish faoliyatimdagi eng katta xato edi.

O'sha vaqtda "Barselona" meni yoki Depayni sotishi kerak edi. Faoliyatni davom ettirish uchun yagona variant "Chelsi" edi.

Men bu taklifni qabul qildim va hammasi yaxshi bo'ladi, deb o'yladim. Lekin aksincha bo'lib chiqdi," - deydi tajribali hujumchi Tpoopz TV YouTube kanali orqali.

Obameyang Londondagi top-klubda bir yil faoliyat olib bordi va keyinchalik "Marsel"ga o'tdi. U "Chelsi" safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Obameyang: "Chelsi"ga o'tish eng katta xato edi